"Liverpul" va "Lion" sobiq murabbiyi Ule vafot etdi. U 73 yoshda edi

Alisher
14 dek 2020, 15:35
Jerar Ule yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi 73 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Mutaxassis "Liverpul" va "Lion" bilan ko'plab muvaffaqiyatlarga erishgan.

Ule "qizillar"ni 1998 yildan 2004 yilga qadar boshqargan davrida UEFA Kubogi-2000/01, UEFA Superkubogi-2001, Angliya Kubogi-2000/01, Angliya Superkubogi-2001, 2 bor Angliya Liga Kubogi (2000/01, 2002/03), shuningdek 2001/02 va 2000/01 yillarda Premer-ligada kumush va bronza medallariga ega chiqdi.

Mutaxassis "Lion"ni 2005-2007 yillarda boshqargan va ikki bor (2005/06, 2006/07) Fransiya chempioniga aylangan.


AlisherMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com