"Liverpul" "Real" futbolchisini sotib olishga tayyor

Sherzod Nurmatov
1 dek 2025, 19:49
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi "Caught Offside".

Manbaning xabariga ko'ra, "Liverpul" 23 yoshli fransiyalik yarim himoyachi uchun "Real"ga deyarli 60 million evro taklif qilishga tayyor, u bu mavsumda atigi to'rt marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Kamavinga joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.

Yarim himoyachining "Real" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt uning qiymatini 50 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside