

Manba ma'lumotlariga qaraganda, "qizillar" mavsumni kamida bir sovrin bilan yakunlashni istaydi. Shu bois mutaxassis oldiga Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishga e'tibor qaratish vazifasi yuklatilgan.
APL ham mersisaydliklar uchun muhim: Slot va uning jamoasi kelasi mavsum Chempionlar Ligasiga chiqish va moliyaviy yo'qotishlarning oldini olish uchun mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashi kerak. Hozirda "Liverpul" turnir jadvalida 4-o'rindan 3 ochko ortda qolmoqda.



