

Taniqli jurnalist va insayder Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, ingliz klubi hozirda "Yuventus"da o'ynayotgan 23 yoshli portugaliyalik vinger Fransishku Konseysauga davogarlik qilmoqda.

"Qizillar" rahbariyati Konseysauni joriy mavsum oxirida "Enfild"ni tark etadigan Salohning o'rnini bosadigan asosiy nomzodlardan biri sifatida qaramoqda. Turinliklar bundan xabardor va o'z futbolchisini 65 million evroga qo'yib yuborishga tayyor.
Konseysau o'tgan yozda "Portu"dan "Yuventus"ga 32 million evro evaziga qo'shilgan. U ushbu mavsum "Yuventus" safida 34 o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi hamda 3 ta golli pas uzatdi.
Uning "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.



