Konseysau iste'foga chiqarilishi mumkin

Mirjalol Normatov
31 yanv 2025
"Milan" bilan Italiya Superkubogini yutgan Serjiu Konseysau iste'foga chiqarilishi mumkin.

Gap shundaki, ushbu mutaxassis juda qattiqqo'l bo'lib chiqdi. Bu holat jamoadagilarga maqul kelmagan. Buning ortidan jamoa futbolchilari bosh murabbiyga qarshi ishlar qilishmoqda va kiyim almashtirish xonasidagi atmosfera ham buzilgan.

Konseysau bir oy oldin jamoa boshqaruvini qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida "Milan" 8 o'yinda qatnashib, 5 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia