"Leyptsig" Elmasning transferini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2023, 22:24
"Napoli" yarim himoyachisi Elif Elmas "Leyptsig"ga o'tdi.

Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar berdi. Oldinroq, transferning 25 million evroni tashkil etishi xabar qilingan edi.

24 yoshli makedoniyalik 2027/28 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U yangi klubiga 1 yanvar kuni borib qo'shiladi.

Elmas 2019 yilning yozidan beri "Napoli"da o'ynayotgandi. U neapolliklar tarkibida 189ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 11ta assist qayd etgan. Transfermarkt portali o'yinchini 24 million evroga baholamoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: rbleipzig.com