"Leyptsig" APLdan himoyachini o'z safiga qo'shib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
3 fev 2025
"Aston Villa" himoyachisi Kosta Nedelkovich mavsum oxirigacha "RB Leyptsig" safiga ko'chib o'tdi.

Bu haqida Germaniya klubi o'zining rasmiy saytida e'lon qildi. 

Kelishuvda sotib olish majburiyati ham belgilab qo'yilgan. Serbiyalik futbolchi yangi jamoasi safida 21-raqam ostida harakat qiladi.

Joriy mavsum Nedelkovich Birmingem klubi tarkibida barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 10 o'yinda maydonga tushgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rbleipzig.com