Levandovski "Barselona"dagi kelajagi haqida gapirdi

Khoja
24 mar 2026
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski katalon klubi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar qanday ketayotgani haqida javob berdi.

"Mening shartnomam masalasida hech narsa o'zgarmadi. Men o'zimning kelajagimi va mumkin bo'lgan variantlar haqida yaxshilab o'ylab ko'rish uchun vaqt ajrataman", - deydi Levandovski.

37 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi va uchta golli pas berdi. Robert 2022 yildan beri "Barselona"da to'p tepmoqda. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 8 million evroni tashkil qiladi.


KhojaMuallif
Manba: Marca