Legionerlar. G'aniev to'liq o'ynadi, Hamrobekov esa...

Khoja
13 sen 2025, 09:20
Terma jamoamiz a'zolari o'zlari harakat qilayotgan chempionatda tur uchrashuvlarida maydonga tushishdi.

Milliy terma jamoamiz futbolchisi Odiljon Hamrobekov “Traktor” jamoasi safida Eron Proligasi 3-turi doirasida maydonga tushdi. 

“Alyuminium Arak”ga qarshi kechgan uchrashuvda “Traktor” 4:1 hisobida raqibidan ustun keldi. Odiljon Hamrobekov ushbu bahsda 79-daqiqada o'yinga qo'shildi.

Shuningdek, Aziz G'aniev “Al Bataeh” jamoasi safida BAA Proligasi 3-turi doirasida maydonga tushdi. 

“Ajman”ga qarshi kechgan uchrashuvda “Al-Bataeh” 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Aziz G'aniev ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia