Sofascore. Aziz G'aniev uchrashuvning eng yaxshisi bo'ldi

Iskandarov Abdulaziz
30 yanv 2026
Kecha BAA Pro ligasi navbatdagi turida "Al Bateh" - "Al Jazira" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Aziz G'aniev to'p tepadigan "Al Bateh" raqibi bilan 1:1 hisobida murosa ko'chasini tanladi. Uchrashuvda Aziz G'aniev 3-daqiqada jamoasining goliga mualliflik qildi. Sofascore talqiniga ko'ra, o'zbekistonlik yarim himoyachi 7,4 ballga loyiq ko'rildi va bellashuvning eng yaxshisi sifatida qayd etildi. 

Ma'lumot uchun, "Al Bateh" keyingi o'yinini 5 fevral kuni mehmonda "Al Vahda"ga qarshi o'tkazadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia