Rasman: Aziz Turg'unboev - Andijon futbolchisi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2026
Burgutlar safiga O'zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri kelib qo'shildi.

Andijon matbuot xizmatining xabar berishicha, 2026 yilgi mavsumda Azizbek Turg'unboev jamoa sharafini himoya qiladi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishib, mehnat shartnomasini imzolashdi.

Turg'unboev dosesi: 1994 yil 1 oktyabrda Namanganda tug'ilgan. Ampluasi - hujumkor yarim himoyachi/vinger.

Faoliyati: Navbahor, Paxtakor va Turkiyaning Sivasspor klublarida to'p tepgan.

Statistika: Klub miqyosida jami 275 ta o'yin, 46 ta gol va 20 ta golli uzatma muallifi.

Terma jamoa: 2018 yildan beri milliy jamoa a'zosi (43 o'yin, 6 gol). Osiyo Kubogi-2023 qahramonlaridan biri.

Sovrinlari: 3 karra O'zbekiston chempioni, 2 karra Superkubok va 1 bor O'zbekiston Kubogi sohibi. CAFA musobaqasi g'olibi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати