Lautaro Argentina safidagi gollar bo'yicha Maradonaga yetib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
20 noya 2024, 15:44
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines JCH-2026 saralashi doirasida Peru darvozasini ishg'ol qildi (1:0).

Bu to'p hujumchi uchun milliy terma jamoa safidagi 32-si bo'ldi. Natijada, Lautaro afsonaviy hamyurti Diego Maradonaga yetib oldi.

Bu reytingda Lionel Messi (112 ta gol) yetakchi, undan keyingi o'rinlarda Gabriel Batistuta (54), Serxio Aguero (42) va Ernan Krespo (35) bormoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: afa.com.ar