"Inter" himoyachisi rekord o'rnatdi

Milanning "Inter" klubi himoyachisi Federiko Dimarko Italiya Seriya A 33-turi doirasidagi "Kalyari"ga qarshi bahsda (3:0) navbatdagi golli uzatmasini amalga oshirdi.

Ushbu natija orqali italiyalik futbolchi joriy mavsumdagi golli harakatlari sonini 21 taga etkazib oldi. Dimarko mavsum davomida 6 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bu A Seriya tarixida (statistika yuritila boshlagan 2004/05 yilgi mavsumdan beri) himoyachilar uchun rekord natija hisoblanadi. Hali hech bir himoyachi bir mavsum davomida "gol+pas" tizimida 21 ochko to'plashni uddalamagan edi.


Manba: Opta