Krishtianu Ronaldu faoliyatida ilk bor Portugaliya termasi safida qizil kartochka oldi

Omonjon To`xtamirzayev
14 noya 2025
Portugaliya termasining 40 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida ilk bor terma jamoa libosida maydondan chetlatildi.

Tunda bo'lib o'tgan JCH-2026 saralashi doirasidagi Irlandiyaga qarshi bellashuvning (0:2) 59-daqiqasida Ronaldu bosh hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

Bungacha Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 225 o'yinda ishtirok etgan, ularda 143 ta gol urib, 46 ta golli uzatma etkazib bergan hamda biror marta maydondan chetlatilmagandi. Ushbu tarixiy o'yingacha Krishtianu terma safida na to'g'ridan-to'g'ri qizil, na ikkinchi sariq kartochka ishlab olmagandi.

Klublari safida Ronaldu 8 bor to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan va yana 4 marta ikkinchi sariq tufayli maydonni qolganlardan ertaroq tark etishga majbur bo'lgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia