"Komo" 19 yoshli hujumchi uchun 14 million to'ladi

Mirjalol Normatov
5 iyul 2025, 01:23
"Komo" Jeydan Addayning AZdan sotib olinganini ma'lum qildi.

19 yoshli vinger-hujumchi Italiya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Niderlandiyalik futbolchi "AZ Alkmaar" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsumda asosiy jamoa bilan Erediviziyada debyutini amalga oshirdi.

Shuningdek, u AZ bilan UEFA yoshlar ligasi g'olibi ham bo'lgan. Adday o'tgan mavsum asosiy jamoada 17 o'yinda 1 gol, yoshlar jamoasida esa 12 o'yinda 7 gol urdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Komo" futbolchi uchun 14 mln evro to'lagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/Como_1907