Klaudio Raneri qarorini ma'lum qildi

Khoja
11 iyun 2025
O'tgan mavsum “Roma“ni boshqargan Klaudio Raneri Italiya termasini qabul qilmasligini ma'lum qildi.

“Italiya terma jamoasidan taklif olish men uchun sharaf. Biroq men bu taklifni qabul qila olmayman. Men “Roma“ning rahbariyatida qolishga qaror qildim“, - deb javob bergan Klaudio Raneri.

Eslatib o'tamiz, murabbiy o'tgan mavsum yakunidan so'ng murabbiylik faoliyatini yakunlashini va “Roma“da prezident maslahatchisi bo'lishini ma'lum qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com