Kimmix "Bavariya"da qolishga yaqin

Administrator
24 fev 2025
Yozua Kimmix katta ehtimol bilan "Bavariya"da qoladi.

Hozirda shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda va u rivojlangan bosqichda.

Tomonlarning yaqin vaqtlar ichida yangi bitim imzolashi kutilmoqda. Shartnoma katta ehtimol bilan 2028 yilga qadar mo'ljallanadi.

Amaldagi kelishuv yaqin yozda yakuniga etadi. Oldinroq, "Liverpul" va "Real" Kimmixga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sport Germany