Karlos Teves "Independente" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqadi

Sherzod Nurmatov
20 may 2024, 12:09
Argentinalik mutaxassis bu haqda klub prezidentiga ma'lum qilgan.

Argentinaning "Independente" jamoasi bosh murabbiyi Karlos Teves lavozimini tark etadi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Xabar qilinishicha, 40 yoshli Teves allaqachon klub prezidenti Nestor Grindettini bu haqda xabardor qilgan. Mutaxassis "Independente" bilan so'nggi o'yinini Argentina chempionatining "Platense"ga qarshi uchrashuvida o'tkazdi.

Karlos Teves o'tgan yilning avgust oyidan beri "Independente"da ishlayotgandi. U 31 ta o'yin o'tkazib, 14 g'alaba, 10 durang va 7 mag'lubiyat qayd etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: clubaindependiente.com.ar