

Uchrashuvning 3-soniyasidayoq “Boka” a'zosi Karlos Teves hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Natijada Teves Argentina chempionati tarixida maydondagi eng kam o'yin vaqtida sariq kartochka olgan futbolchiga aylandi.
Bellashuv esa “Taleres”ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. “Boka Xuniors” esa o'yinni 2 kishi kam bo'lib yakunladi.
Ma'lumot uchun, Teves joriy mavsum 24 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



