Jon Obi Mikel futbolchilik faoliyatini yakunladi

Iskandarov Abdulaziz
27 sen 2022, 21:55
"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"Barcha yaxshi narsalar tugaydi. Men ham professional faoliyatimga bugun yakun yasadim. 20 yillik faoliyatim davomida erishgan yutuqlarimdan mamnunman",- deb yozadi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida. 

Quvaytning "Al Quvayt" jamoasi Obi Mikelning so'nggi klubi bo'ldi. U "Chelsi"dagi 11 yillik faoliyati davomida 11ta sovrin yutdi. 2005 yil Nigeriya terma jamoasiga chaqirilgan bo'lib, u bilan Afrika Millatlar kubogida g'olib chiqdi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia