Joan Laporta gazakli patnisni otib yubordi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2024, 21:15
Joan Laportaga "Barselona" hamda "Granada" o'rtasidagi durang (3:3) yoqmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'yindan so'ng Kataloniya klubi prezidenti natijadan g'azablanib, stadion lojasida gazaklar to'la patnisni otib yubordi. Shu bilan birga, Ispaniya Kubogida "Atletik"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Laporta "Barselona" kiyinish xonasiga kirmay qo'ygan ekan.

Mavsum oxirida klubdan kyetishini e'lon qilgan Xavining kelajagi borasida hech qanday ma'lum yo'q. Kataloniya klubi prezidenti jamoa o'tkazib yuborayotgan gollar soni va futbolchilarda motivaciya yo'qligidan g'azablanmoqda.


LALIGA JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As