Jasur Yaxshiboev nima uchun "Lokomotiv"ga kelgan joyida yo'q bo'lib qoldi?!

Sherzod Nurmatov
12 mar 2026
Bu savolga Championat.asia muxbiri Tolibjon Qosimov javob berdi.

"Yuqoridagi savol ko'pchilikni qiziqtirayotgan bo'lishi tabiiy. Mendagi ma'lumotga ko'ra, Yaxshiboev transfer oynasining oxirgi kunida "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan. Oradan 2-3 kun o'tib, futbolchi kelishuvni bekor qildirgan va "Ordabasi"ga ketgan. "Temiryo'lchilar" shundan keyin ham taxminan 1 hafta kutib turib, keyin Jasurni ligada ro'yxatdan o'tkazmagan.

"Lokomotiv" Yaxshiboev bilan shartnoma bekor qilinganini PFLda ro'yxatdan o'tkazib bo'lganidan keyin futbolchi yana toshkentliklar tarkibiga qaytmoqchi bo'lgan. Lekin u paytda kech edi. Yakunda vinger "Lokomotiv"ga ham, "Ordabasi"ga ham o'tolmay qolib ketdi", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt