Ivan Boshkovich "Mirkovich - yaxshi darvozabon" deb aytdi. Haqiqatan ham shundaymi?

Sherzod Nurmatov
13 mar 2026
Tahlil qilib ko'ramiz.

Superliganing 3-turida OKMK va "So'g'diyona" o'rtasidagi (2:2) o'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich shunday dedi: "Nikola Mirkovich - yaxshi darvozabon. U moslashuv jarayonidan o'tyapti".

Biroq jizzaxliklarning yangi posboni 3 o'yinda 8 ta gol o'tkazib yubordi - bu Superligadagi barcha darvozabonlar orasida eng yomon ko'rsatkich.

Rostdan ham shundaymi-yo'qmi, aniqlash uchun WyScout tahliliy saytidagi statistikani ko'rib chiqamiz. Mirkovich quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha so'nggi pog'onada:

1) Cuperligada har bir o'yinda o'tkazib yuborilgan gollar soni bo'yicha oxirgi o'rinda (2,7);

2) Superligada oldi olingan gollar ko'rsatkichi bo'yicha oxirgi o'rinda (-2,6);

3) Superligada seyvlar foizi bo'yicha oxirgi o'rinda (25%, "Surxon"dagi Artyom Potapov bilan birga).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia