

“Jaloliddin Masharipov jarohatdan so'ng davolanish uchun chet elga yuborildi va operaciya qilindi.
Masharipovga sog'lik va maydonga ajoyib qaytishni tilab qolamiz”, - deb yozdi fors klubi matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ futbolchisi bunga qadar jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan va 1 yanvarda maydonga qaytgandi. Masharipov o'sha o'yinda zaxiradan maydonga tushib, so'ngra yana almashtirilgandi. Futbolchi o'yindan so'ng jarohat olmaganini ma'lum qilgandi.
Hozircha o'yinchining qancha vaqtga safdan chiqqani noma'lum.



