Irakli Klimiashvili: "O'zbekistonga qaytsam faqat "Paxtakor"ga o'taman"

Narzulla Saydullayev
19 dek 2014, 16:55
Bir necha yil oldin "Paxtakor"da faoliyat olib borgan gruziyalik yarim himoyachi Irakli Klimiashvili O'zbekiston futboli haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Siz 2011 va 2012 yillarda "Paxtakor"da o'ynagansiz. O'zbek futboli va "Paxtakor" haqida nima deya olasiz?
- O'shanda "Anji" meni ijaraga bergandi. "Paxtakor" murabbiylari "Anji" mashg'ulotlarini kuzatishgandi. O'sha yerda menga taklif bilan chiqishgandi. Dastlab men rad qilgandim. Biroq 6 oydan so'ng yana taklif tushdi. Kaxi Maxardzega qo'ng'iroq qilib u yerdagi vaziyat bilan qiziqdim. U menga shu qadar tariflab berdiki, darhol uchib bordim. O'zbekistonda odamlar futbolni sevishadi. Ko'chada tanishadi, dastxat so'rashadi, tribunalarda muxlislar qo'llab-quvvatlashadi.  

U yerda gruzinlarga o'zgacha ehtirom ko'rsatishadi. Ular bizni juda hurmat qilishadi va buni doim sezib turardim.

- Agar yana O'zbekistondan taklif bo'lsa rozi bo'lasizmi?
- Aslida O'zbekistondan takliflar bo'ldi. Ammo borsam ham faqat "Paxtakor"ga qaytaman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia