Inter Mayami ustozi Lionel Messining qachon safga qaytishini ma'lum qildi

Khoja
23 mar 2024, 10:55
Inter Mayami ustozi Xerardo Martino jamoa sardori Lionel Messining jarohati haqida fikr bildirdi.

Messi sog'aymoqda. Mana bir necha kundan beri maydonga tushib, mashg'ulot olib bormoqda. U kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Uning sog'lig'i bo'yicha biz jiddiy ishlar olib bormoqdamiz. Biz yana kamida 1 hafta uni tiklanib olishini kutishimiz kerak. Shundan so'ng uni yana maydonga tushirsak bo'ladi, - dedi Martino.

Eslatib o'tamiz, Inter Mayami 3 aprel kuni KONKAKAF chempionlar ligasida Monterreyga qarshi chorak final uchrashuvida maydonga tushadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com