

Tantashevga qanotlarda Alisher Usmonov hamda Timur Gaynullin yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi hindistonlik Ramasvami Srikrishna Koimbatorega yuklatildi.
Uchrashuv komissari – Muhammad Sayfuddin Bin Abu Bakar (Malayziya), hakamlar nazoratchisi – Muhammad Ali Bin Hamad (Singapur).
“Muangtong Yunayted” va “Kashima Antlers” uchrashuvi 28 fevral kuni Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Supachasalai National Stadium maydonida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 19:30 da start olishi rejalashtirilgan.



