Ikromjon Aliboev: "Muxlislarga katta rahmat"

Narzulla Saydullayev
16 fev 2018
Bugun OFK rasmiy sayti OCHL 1-turining eng chiroyli goli muallifini e'lon qildi.

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Ikromjon Aliboevning "Al Vahda"ga urgan goli so'rovnoma yakuniga ko'ra eng chiroyli deb topildi.

"Golim eng chiroyli deb topilganidan xursandman. Bunda muxlislarning xizmati katta bo'ldi. Ularsiz bunday natijaga erisha olmagan bo'lardim. Barcha ovoz berganlarga katta rahmat", - dedi Ikromjon Aliboev championat.asia saytiga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia