Harri Keyn to'rtinchi marta ota bo'ldi

Sherzod Nurmatov
22 avg 2023, 20:28
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn to'rtinchi bor otalik baxtiga erishdi.

20 avgust kuni 30 yoshli futbolchi va uning rafiqasi o'g'il farzandli bo'ldi.

"Dunyoga xush kelibsan, Genri Edvard Keyn. Seni yaxshi ko'raman, bolajonim!", – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Keyn va uning rafiqasi Keyt Gudlandning allaqachon bitta o'g'li va ikkita qizi bor. Juftlik 2019 yilda turmush qurgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror