

Bu haqda "Sky Sports" ma'lum qildi.
Manbaning xabar berishicha, 26 yoshli serbiyalik futbolchi shartnomasi bilan bog'liq noaniqlik tufayli e'tibor markazida turibdi.
Vlaxovich "Yuventus"da 2022 yilning yanvaridan beri o'ynab keladi. Uning amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. U 2025/26 yilgi mavsum 18 o'yinda 6 ta to'p kiritdi va 2 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt uni 35 million evroga baholamoqda.



