Gvardiola Husanov haqida gapirdi

Alisher
8 fev 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Leyton Orient"ga qarshi bahs (2:1) Angliya kubogi o'yinidan so'ng Abduqodir Husanovni tilga oldi.

"Rejamda Ruben Diasni faqat 45 daqiqa o'ynatish o'rin olgan edi, chunki u yaqinda jarohatdan qaytgandi. Men ikkita yangi o'yinchi - Abduqodir Husanov va Vitor Reisni bir vaqtning o'zida o'yinga kiritishni xohlamadim - bu juda katta tavakkal edi", - dedi Gvardiola.


Angliya Kubogi. Husanov va De Bryuynening gollari "Siti"ni keyingi bosqichga olib chiqdi 


AlisherMuallif
Manba: mancity.com