Gvardiola golfda Kumanni mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2021
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona"dagi hamkasbi Ronald Kuman bilan golf o'ynadi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, o'yinda murabbiylarning o'g'illari ham qatnashishgan. Xosep va Marius Ronald va kichik Ronaldni mag'lub etishdi.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola va Kuman 1990-yillarda "Barsa"da birga o'ynashgan. Shuningdek, Gvardiola ilgari Kataloniya klubini boshqargan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail