Gol urib, qizil kartochka olgan Ekitike kechirim so'radi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2025, 13:31
Yugo Ekitike "Sautgempton"ga qarshi o'yinda (2:1) chetlatilgani uchun uzr so'radi.

85-daqiqada "Liverpul" hujumchisi Angliya liga kubogi 3-raundidagi o'yinda gol urdi. U golni futbolkasini echib nishonlagani uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi.

"Bugun men jamoaga yana bir uydagi g'alabani qo'lga kiritishda yordam berganimdan juda xursand edim, bu mening Liga kubogidagi birinchi o'yinim edi. Emociyalar ustun keldi.

Butun "qizillar" oilasidan uzr so'rayman. Bizni doimo qo'llab-quvvatlovchi muxlislarga va jamoadoshlarimga g'alaba uchun rahmat", – deb yozdi Ekitike.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/stories/hekitike