Germaniya MTJ a'zosi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Khoja
10 dek 2025, 10:46
Sky Sports xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek "Bavariya" yoki "Real"ga o'tishga umid qilmoqda.

Germaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga davogarlar orasida "Barselona" ham bor, biroq kataloniyaliklar uchun asosiy ustuvor vazifa - hujumchi sotib olish.

Shlotterbek va Borussiya o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Dortmundliklar himoyachiga 2030 yilgacha mo'ljallangan, yaxshilangan shartlar asosidagi yangi shartnoma taklif qilishdi. Bu uni klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantiradi.


KhojaMuallif
Manba: skysport