Gavi qaytishga yaqin

Alisher Ostonov
1 mar 2026
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tez orada futbol maydoniga qaytadi.

Xavbek avgust oyidan beri o'ynamadi.

"Barselona" o'z yarim himoyachisini darhol o'yinlarga tashlamaydi. Reja shundan iboratki, Mark Bernalga nisbatan qo'llanilgan yondashuvga o'xshab, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak.

Keyingi haftalarda Mark Bernal va Mark Kasado maydonda ko'proq vaqt o'tkazishi, Gaviga beriladigan yuklama esa asta-sekin oshib borishi kutilmoqda. Flik Gavini yuqori baholaydi va uni o'ziga xos futbolchi deb biladi.

21 yoshli Gavi joriy mavsum La Liganing atigi ikkita uchrashuvida maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Touchline