Gattuzo Verrattini Italiya terma jamoasiga qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Janluiji Buffon bilan birgalikda PSJ sobiq yarim himoyachisi Marko Verratti bilan uning milliy jamoaga qaytishi masalasini muhokama qildi.

Gap mart oyida bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etish haqida ketmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" ma'lumotlariga ko'ra, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Gattuzo italiyaliklar tarkibida Verratti yoki Jorjino darajasidagi tayanch yarim himoyachisi yetishmayotganini hisoblab, PSJning sobiq yulduzini jamoaga qaytarishga qatiy qaror qilgan.

Qayd etilishicha, 33 yoshli Verratti hozirda Qatarning "Al Duhayl" jamoasida o'ynamoqda. U bu yozda "Al Arabi"dan ushbu jamoaga ko'chib o'tgan.

Avvalroq yarim himoyachi Liga 1'da 11 yil davomida PSJ safida o'ynagan va 2023 yildan beri Italiya terma jamoasiga chaqirilmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport