Gattuzo uzr so'radi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoasining JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kirita olmagani uchun muxlislardan uzr so'radi.

"Skuadra Adzurra" hal qiluvchi bahsda Bosniya va Gertsegovina to'sig'idan o'ta olmadi (1:1, penaltilar bo'yicha 1:4).

"Italiya Jahon chempionatiga chiqa olmagani uchun shaxsan o'zim uzr so'rayman. Lekin yigitlarimiz maydonda borini berishdi, ularni ayblab bo'lmaydi", - deya Gattuzoning so'zlarini keltiradi "Football Italia".

Bu Italiya futboli uchun haqiqiy fojiaga aylandi. To'rt karra jahon chempionlari oxirgi marta 2014 yilgi mundialda ishtirok etishgan edi. Shundan so'ng italyanlar 2018, 2022 va mana endi 2026 yilgi Jahon chempionatlarini ham uyda o'tirib tomosha qilishga majbur bo'lishadi.

48 ta jamoa ishtirok etadigan kengaytirilgan turnirda ham Italiyaning yo'qligi ko'pchilik muxlislar uchun kutilmagan holat bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia