​Gari Kexill faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin

26 dek 2018, 05:50
Londonning boshqa bir jamoasi "Arsenal" "Chelsi" himoyachisini sotib olishga davogarlik qilmoqda.

The Sun nashrining ma'lumotiga ko'ra, 33 yoshli ingliz "to'pchilar"ning qiziqishi doirasida bo'lib turibdi. Himoyachining o'zi "aristokratlar" safida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan norozi va jamoani tark etishni xohlamoqda. Manbada transfer narxi 10 million evro deb baholanishi aytib o'tilgan.


Manba: thesun.co.uk