Futzal. Osiyo chempionati boshlandi

Administrator
28 yanv 2026
Indoneziya poytaxti Jakartada hisob bo'yicha o'n sakkizinchi futzal Osiyo chempionati start oldi.

Ma'lumki, ushbu musobaqada 16ta terma jamoa ishtirok etmoqda va jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan.

A guruhi: Indoneziya, Iroq, Qirg'iziston, Janubiy Koreya.

B guruhi: Tailand, Vetnam, Quvayt, Livan.

C guruhi: Yaponiya, O'zbekiston, Tojikiston, Avstraliya.

D guruhi: Eron, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni, Malayziya.

27 yanvari kuni A va B guruhlarida 1-tur urashuvlari o'tkazildi. A guruhida Iroq Qirg'iziston futzal terma jamoasidan ustun kelgan bo'lsa, Indoneziya Janubiy Koreyani yirik hisobda mag'lub etdi. B guruhida Tailand Livan terma jamoasini, Vetnam esa Quvaytni mag'lub etdi.

A guruhi. 1-tur. 27 yanvar

Iroq - Qirg'iziston 4:2

Indoneziya - Janubiy Koreya 5:0

B guruhi. 1-tur. 27 yanvar

Tailand - Livan 2:0

Vetnam - Quvayt 5:4

Bugun, 28 yanvar kuni C va D guruhlarida 1-turga start beriladi. Bugun Toshkent vaqti bilan 17:00da O'zbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib boradi. Bu uchrashuvda Nodir Eliboev shogirdlariga omad tilab qolamiz.

C guruhi. 1-tur. 28 yanvar

13:00. Yaponiya - Avstraliya

17:00. O'zbekiston - Tojikiston

D guruhi. 1-tur. 28 yanvar

11:00. Afg'oniston - Saudiya Arabistoni

15:00. Eron - Malayziya

Musobaqada ishtirok etadigan tarkibimiz quyidagicha ko'rinish olgan.

Darvozabonlar: Shavkat Ibragimov (Oil Star), Abbos Elmurodov (BMB PFC).

Himoyachilar: Ilhomjon Hamroev (Oil Star), Sunnatilla Jo'raev (Nasaf), Anasxon Rahmatov (Nasaf).

Qanot o'yinchilari: Shaxram Faxriddinov (OKMK), Xayrulla Solixov (OKMK), Samariddin Berkinov (Oil Star), Abror Axmedzyanov (SQB), Akbar Usmonov (SQB), Ixtiyor Ropiev (Nasaf), Eldor Nigmatov (Lokomotiv).

Hujumchilar: Muzaffar Ahadjonov (BMB PFC), Elbek To'lqinov (Oil Star).

X.Xoliqov


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia