

Ana shu o'yinlardan keyin qo'shnilarimiz bosh murabbiyi Nurjan Jyetibaevning fikrlari bilan qiziqdik.
"Bu ikki o'yin murabbiylar shogirdlarini yaxshi tayyorlay olganliklarini ko'rsatdi. Kechagi bahsdan keyin xatolarni to'g'rilashga, standart vaziyatlarni yopishga urindik. Lekin, buning uddasidan chiqa olmadik. Bizga bugun standartdan gol urishdi. Durang - adolatli natija bo'ldi. Yigitlardan mamnunman. To'g'ri, xatolarimiz hali juda ko'p. Oldimizda ancha vaqt bor va biz o'yinimizni kuchaytirishga harakat qilamiz.
Xatolarning ko'pligi yigitlarning yoshligi bilan bog'liq deb o'ylayman. 19 yoshgacha bo'lgan o'yinchilarga konsentratsiyani ushlay olish, tajriba va hotimjamlik yetishmaydi. Yosh bo'lganliklari uchun ham juda ko'p harakat qilishadi va tez o'ynashadi. Bu narsa u qadar o'xshamagani uchun "brak"lar ko'p bo'ldi. Mana shunday o'rtoqlik o'yinlari orqali kamchiliklar yo'qolib boradi.
Oldimizda turgan dastlabki vazifa optimal tarkibni topish. Osiyo chempionatiga yaqin rahbarlar bilan terma jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilishi haqida suhbatlashamiz. Albatta, biz o'z oldimizga doimo yuqori maqsadlarni qo'yamiz. O'ylashimcha, sizning jamoangiz ham to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Bizni bu erga taklif qilganliklari uchun rahmat aytaman, bu ikki o'yindan ko'p narsa oldik", - deydi Nurjan Jyetibaev.




