Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga yetib bordi

Alisher Ostonov
2 noya 2025
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi VI Islom Birdamligi o'yinlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga yetib bordi.

VI Islom Burdamligi o'yinlari futzal musobaqasi 4 noyabr kuni start oladi. Hamyurtlarimiz dastlabki uchrashuvni mezbonlarga qarshi o'tkazishadi. Ar Riyod shahridagi Olimpiya sport markazi Yashil zalida bo'lib o'tuvchi futzal musobaqalarini 3000 tomoshabin kuzatib borishi mumkin. Saudiya Arabistoni – O'zbekiston uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da start oladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi safarga quyidagi tarkib bilan jo'nab ketdi:


Murabbiylar shtabi:

• Jamoa rahbari: Rustam Zuparov

• Bosh murabbiy: Nodir Eliboev

• Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Maurisio Teysheyra

• Fizioterapevt: Rasul Dayanov

• Mamur: Shahboz Jo'raev

• Matbuot xizmati: Vahobjon Abdug'aniev


Darvozabonlar:

• Abbos Elmurodov (“BMB PFS”)

• Shavkat Ibragimov (“Oil Star”)

Himoyachilar:

• Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)

• Mashrab Odilov (“BMB PFS”)

• Shahzod Sadiev (“BMB PFS”)

Qanot o'yinchilari:

• Shaxram Faxriddinov (OKMK)

• Xayrulla Solixov (OKMK)

• Muhammadali Xusanboev (“BMB PFS”)

Qanot hujumchilari:

• Elbek To'lqinov (“Oil Star”)

• Abror Axmedzyanov (OKMK)

• Ixtiyor Ropiev (Nasaf)

• Akbar Usmonov (SQB)

• Eldor Nigmatov (Lokomotiv)

Hujumchilar:

• Muzaffar Ahadjonov (“BMB PFS”)


Alisher OstonovMuallif
Manba: t.me/Futsal_Uzbekistan