Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. O'zbekiston Tojikistonni yuta olmadi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026
Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo Kubogidagi yurishini boshladi.

"C" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston futzal terma jamoasi dastlabki turda Tojikiston bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. 


1-tur

O'ZBEKISTON - TOJIKISTON 0:0 

O'zbekiston: 1. Shavkat Ibragimov, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhomjon Hamroev, 9. Elbek To'lqinov, 10. Shahram Faxriddinov.

Zahira: 2. Anasxon Rahmatov, 3. Abror Ahmedzyanov, 5. Sunatilla Jo'raev, 7. Akbar Usmonov, 8. Xayrullo Solihov, 11. Muzaffar Ahadjonov, 12. Abbos Elmurodov, 13. Eldor Nigmatov, 14. Samariddin Berkinov.

Tojikiston: 1. Firuz Bekmurodov, 6. Idris Yorov, 7. Bahodir Xo'jaev, 13. Baxtiyor Soliev, 14. Dilshod Salomov.

Zahira: 2. Nuriddin Jabborov, 3. Abduqayum Umarov, 4. Nasratsho Ismoilov, 5. Samandar Rizomov, 8. Muhammadjon Sharipov, 9. Muhammad Rajabov, 10. Umed Qo'ziev, 11. Kamron Aliev, 12. Nekruz Idiev.



Guruhdagi ikkinchi o'yinda Yaponiya Avstraliyani 6:2 hisobida taslim qildi. O'zbekiston 2-turni 30 yanvar kuni Avstraliyaga qarshi o'tkazadi. 1 fevral kuni esa Yaponiya bilan to'qnash keladi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia