

Sana: 26 dekabr
Vaqt: 10:30
Manzil: Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasi anjumanlar zali
"Ushbu tantanali marosimda 2025 yil davomida yurtimiz futzali rivojiga salmoqli hissa qo'shgan, fidoyilik va yuksak mahorat namoyon etgan sportchilar, murabbiylar va soha mutaxassislari taqdirlanadi", – deyiladi tashkilot xabarida.
Quyidagi nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:
- Eng yaxshi yosh futzalchi
- Eng yaxshi darvozabon
- Eng yaxshi murabbiy
- Eng yaxshi legioner
- Eng yaxshi futzalchi
- Ramziy terma jamoa
- Yil kashfiyoti
- Eng chiroyli gol
- Feyr-pley
Shuningdek, o'zbek futzali taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan fidoyi mutaxassis, OAV vakili hamda homiylar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanishi kutilmoqda.
Futsal Awards-2025 tadbiriga 2025 yil uchun O'FF tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi. Ro'yxatdan o'tish marosim kuni soat 10:00 dan boshlab "Hilton" mehmonxonasi anjumanlar zaliga kiraverish foesida amalga oshiriladi.



