O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti va vice-prezidentlari qayta saylandi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026
Ayni paytda Milliy futbol markazida associaciyaning 2025 yil 22 fevralda o'tkazilgan Navbatdan tashqari Kongress bayonnomasini tasdiqlash jarayoni davom etmoqda.

Shuningdek, 2025 yil moliyaviy ko'rsatkichlarini tekshirish bo'yicha auditorlik hisobotini tasdiqlash, tashkilotning 2025 yilgi faoliyati to'g'risidagi hisobot o'qib eshittirilmoqda. 

Xususan, bugun O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti va vice-prezidentlari qayta saylandi:

O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Bahodir Qurbonov o'z lavozimiga qayta saylandi. 

O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov o'z lavozimiga qayta saylandi. 

O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Odil Ahmedov o'z lavozimiga qayta saylandi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Ijroiya qo'mitasi a'zoligiga Avaz Karimov, Edita Mirobidova, Foziljon Komilov, Jahongir Usmonov, Oybek Kasimov, Avaz Azizxo'jaev, Bekzod Mamatqulov va Diyor Imomxo'jaev nomzodlari ilgari surildi.  

Endilikda marosimning ikkinchi qismida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia