Fransiya terma jamoasi sobiq darvozaboni faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2025
Mashhur francuz darvozaboni Stiv Mandanda qo'lqoplarini ilib qo'yishga qaror qildi.

40 yoshli posbon faoliyatini yakunlaganini aytdi. Mandandaning so'zlariga ko'ra, unga bu qarorni qabul qilish nihoyatda qiyin bo'lgan. Stiv, shuningdek, bu biroz vaqt talab qilganini qo'shimcha qildi.

"Men bu haqda uzoq vaqt o'yladim, chunki menda ko'plab takliflar bor edi, lekin barchasini rad etdim", – dedi Mandanda.

Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi "Marsel" afsonasiga aylandi va uning so'nggi ish joyi "Renn" bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe