Stiv Bryus Yamayka terma jamoasida ish boshlashi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
30 iyul 2024
Angliyalik murabbiy Stiv Bryus deyarli ikki yillik tanaffusdan keyin ishga qaytishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassis Yamayka terma jamoasida ish boshlash bo'yicha muzokaralarda ishtirok etmoqda. Takidlanishicha, yakuniy qaror yaqin 10 kunda qabul qilinadi. Bryus bu lavozimga asosiy nomzod hisoblanadi.

Tajribali Stivning oxirgi ish joyi "Vest Bromvich" klubi edi. Mutaxassis ingliz klubini 2022 yil oktyabr oyida tark etgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk