“Flumineze” klubi “Marakana” stadionini 35 yilga ijaraga oladi

11 iyul 2013, 10:01
Braziliya chempionatining amaldagi chempioni “Flumineze” Rio-de Jeneyro hukumati bilan “Marakana” stadionini ijaraga olish bo'yiach kelishuvga erishdi.

Oldin ham “Flumineze” klubining uy o'yinlarini qabul qilgan mazkur arena, endi yana 35 yil davomida klub o'yinlarini qabul qiladi.

Klubning ushbu stadiondagi birinchi o'yini, 21 iyul kuni “Vasko da Gama” klubiga qarshi kechadi.

Bundan tashqari “Botafogo” klubi ham ushbu stadionda o'yinlarni qabul qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz stadion Konfederatsiyalar Kubogi uchun qayta rekonstrukciya qilingna edi.


Manba: sports.ru