Flik tribuna ostiga kirib ketgan Simeonega yetib oldi va uni quchoqladi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2025
Flik Simeonega o'yin uchun iliq minnatdorchilik bildirdi.

Xans-Diter Flik Diego Simeonening xayrlashmasdan kyetib qolishiga yo'l qo'ymadi.

"Atletiko" La Liganing qoldirilgan 19-tur uchrashuvi doirasida "Barselona"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'yindan keyingi qo'l berib ko'rishishlarni xushlamasligi bilan tanilgan madridliklar bosh murabbiyi bahs yakunlanishi bilan darhol tribuna osti yo'lagiga otlandi. Kataloniyaliklar ustozi esa hamkasbiga yetib olishga qaror qildi. Flik allaqachon zinalardan tunnelga tushib ketayotgan Simeoneni chaqirdi, u bilan quchoqlashib ko'rishdi va yana maydon tomon qaytdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru