Yamal o'z sovrinini qabul qilib oldi

Mirjalol Normatov
25 fev 2026
Lamin Yamal "Barselona"ning 2024/25 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib oldi.

Mashhur OAV vakillari tomonidan ovoz berish jarayoniga ko'ra aniqlanadigan Aldo Rovira nomidagi sovrin 18 yoshli vingerga topshirildi.

Ushbu mukofot 2010 yilda Kataloniya klubining sobiq direktori Xosep Rovira tomonidan avtohalokatda halok bo'lgan o'g'li Aldo xotirasiga bag'ishlab tasis etilgan. Bugun bo'lib o'tgan taqdirlash marosimida Yamalning oila a'zolari ham ishtirok etishdi.

Ushbu sovrinni qo'lga kiritish bo'yicha yetakchi Leo Messi hisoblanadi. Uning hisobida shunday sovrindan 6 ta bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbarcelona.cat