"Barselona" muxlislari avtobusi yonib ketdi

Sherzod Nurmatov
6 noya 2025
Kataloniyalik muxlislarni olib ketayotgan avtobus yondi.

Bu haqda AS xabar tarqatdi.

Voqea "Barselona" ishqibozlari YCHL doirasidagi "Bryugge"ga qarshi bahs oldidan Belgiyaga jo'nab ketayotganida sodir bo'lgan.

Muxlislar yonayotgan transport vositasidan o'z vaqtida tushib qolishga muvaffaq bo'lgan. Jarohatlanganlar haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Yong'inga pirotexnika vositalari sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Bryugge" – "Barselona" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi (3:3).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS